O‘zbekiston | 11:11 / 16.09.2019
4868
1 daqiqa o‘qiladi

«Dunyo» axborot agentligining asosiy vazifalari belgilandi

Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Dunyo” axborot agentligining asosiy vazifalari belgilandi. 

Jumladan, sifatli axborot, tahliliy va keng qamrovli materiallar, videoroliklar, teleko‘rsatuvlar, shuningdek O‘zbekistonda va xorijiy davlatlarda ro‘y berayotgan voqealar joyidan reportajlar tayyorlash hamda ularni tarqatish orqali O‘zbekistonning ishonchli va mas'uliyatli sherik sifatida xalqaro nufuzini mustahkamlashga ko‘maklashish mazkur axborot agentligining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan Agentlik tuzilmasi va Ustavi tasdiqlandi. Agentlikka tashqi ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Mavzuga oid