Sport | 00:44 / 18.09.2019
39098
1 daqiqa o‘qiladi

Xabib Nurmagomedov faoliyatini yakunlagach kim bo‘lmoqchiligini aytdi

Foto: AP

Rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov faoliyatini yakunlagach iqtisodchi bo‘lishni rejalashtirmoqda. Bu haqda sportchi Birinchi kanal efirida ma'lum qildi.  

“Men Moskvadagi Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetida tahsil olaman. 4-kurs talabasiman. Sirtdan o‘qiyman, chunki har kuni o‘qishga bora olmayman, men sport bilan shug‘ullanishim kerak. Bunday yuqori darajada ikkitasidan birini tanlashga to‘g‘ri keladi”, deb aytgan UFC chempioni.

“Men iqtisodchi bo‘lmoqchiman, chunki iqtisodiyot hamma yerda dolzarb. O‘z kapitalimga aql bilan yondashib, xayriya yo‘nalishi va biznes ochmoqchiman. Qandaydir vaqtdan keyin hech narsasiz qolmasligim uchun”, deb aytgan 30 yoshli sportchi.

Nurmagomedov 7 sentyabrda Abu-Dabida o‘tgan musobaqada amerikalik Dastin Poreni bo‘g‘ish usuli bilan taslim etgandi.

Mavzuga oid