Sport | 19:40 / 20.09.2019
16507
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ikkinchi finalchi. Mirzaxalilov mo‘g‘ulistonlik kuchli raqibni yengdi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlari davom etmoqda.

O‘zbekiston sharafini -57 kg vazn toifasida himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzaxalilov final ostonasida mo‘g‘ulistonlik Tsenbataar Yerdenebatga qarshi jang qildi.

Keskin kurashlar ostida kechgan jang yakunida hakamlar bir ovozdan o‘zbekistonlik bokschini g‘olib deb topishdi.

Endi Mirzaxalilov oltin medal uchun kechadigan jangda kubalik Lazaro Estradaga qarshi bahs olib boradi.

Shu tariqa, O‘zbekiston boks terma jamoasining ikkinchi vakili finalga yo‘l oldi. Bungacha -52 kg vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahobiddin Zoirov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Bugun yana uch nafar o‘zbek bokschisi final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi.

-69 kg: Bobousmon Baturov – Pet Makkormak (Angliya) (19:45)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Benjamin Uittaker (Angliya) (20:15)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Maksim Babanin (Rossiya) (20:45).

Final janglari 21 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid