Sport | 18:00 / 21.09.2019
15021
2 daqiqa o‘qiladi

Hikmatullo To‘rayev Gran-pri g‘olibi bo‘ldi

Dzyudo bo‘yicha Toshkent-2019 Gran-pri turnirining 21 sentabr ikkinchi kungi bellashuvlar yakunlanmoqda.

Erkaklar o‘rtasida -73 kg vaznda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Final o‘zbekistonlik Hikmatullo To‘rayev va Behro‘zi Xo‘jazoda o‘rtasida kechdi. Ochkolar hisobida ortda borayotgan Hikmatullo so‘nggi soniyada hisobni tenglashtirdi va musobaqa qoidasiga ko‘ra belgilangan “Golden score” qo‘shimcha daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi.

Bronza medallari uchun ukrainalik A.Homula turkiyalik B.Chilo‘g‘liga qarshi, kubalik M.Estrada shvetsiyalik T.Makiasga qarshi tatamiga tushdi. Ushbu bahslarda B.Chilo‘g‘li va M.Estrada g‘olib bo‘ldi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi -63 kg vaznli dzyudochilar bahslarida avstriyalik K.Untervurzaker finalda vengriyalik A.Barriosdan ustun keldi. Uchinchi o‘rinlar britaniyalik L.Renshal va I.Shemeshga nasib etdi.

Mavzuga oid