Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston milliy aviakompaniyasi birorta yo‘lovchisiz 82 ta reys jo‘natdi
Pokiston milliy aviakompaniyasi Pakistan International Airlines (PIA) 2 yil ichida birorta yo‘lovchi bo‘lmagan 80 dan ko‘proq reys jo‘natgan. Bu haqda Geo News TV nashri xabar berdi.
Nashr olgan hisobotda yuqoridagi reyslardan 46 tasi muntazam reys bo‘lgani, 36 tasi hajga boruvchi ziyoratchilar uchun maxsus tashkillashtirilgani qayd etilgan. Biroq bu reyslardan hech kim foydalanmagan. Natijada aviakompaniya 180 mln Pokiston rupiysi (1 mln dollardan ko‘proq) miqdorida zarar ko‘rgan. Ammo hukumat bu masala bo‘yicha hech qanday taftish o‘tkazmagan.
Aviakompaniya vakillari ushbu holatga izoh berishmagan.
Mavzuga oid
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekistonda yana bir yangi aviakompaniya ish boshladi
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
14:46 / 19.05.2025