Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors o‘qituvchilar uchun maxsus aksiya e'lon qiladi
UzAuto Motors kompaniyasi barcha o‘qituvchilarni kasb bayrami bilan muborakbod etgan holda «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan maxsus aksiya e'lon qiladi.
Aksiya faqat umumta'lim, o‘rta-maxsus va oliy ta'lim muassasalarining o‘qituvchilari uchun amal qiladi hamda Chevrolet Spark va Lacetti avtomobillarini quyidagi shartlarda muddatli to‘lovga xarid qilish imkonini beradi:
- Chevrolet Spark – 70% oldindan to‘lov, muddati 6 oy;
- Lacetti 3 poz – 60% oldindan to‘lov, muddati 1 yil.
Muddatli to‘lovga avtomobil xarid qilish uchun xaridor yuqorida ko‘rsatilgan ta'lim muassasasining o‘qituvchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi lozim.
Shuningdek avtomobilni garovga qo‘yish hamda xatardan sug‘urtalash ham mazkur aksiyaning asosiy shartlaridan biri sanaladi.
Shartnomalarni quyidagi dilerlik korxonalaridan olish mumkin:
- «AS SERVIS» tarmoqlarining dilerlik korxonalari
- «Sergeli Avtotexxizmat» AJ
- «Nurafshon Avtocentr» MChJ
- «Qaraqalpaqavtotexxizmet» MChJ
Aksiya 2019 yilning 30 sentyabriga qadar amal qiladi. Shoshiling, avtomobillar soni chegaralangan.
Yaxshi kayfiyat va yoqimli xarid tilaymiz!
«UzAuto Motors» AJ
Mavzuga oid
18:43 / 23.05.2025
UzAuto Motors «Cobalt Midnight»ning qimmat narxda sotilayotganini rad etdi
16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
21:47 / 28.04.2025
Malibu-2 avtomobillari O‘zbekistonga Xitoydan yuborilmoqda - UzAuto Motors
11:55 / 26.04.2025