Fan-texnika | 00:57 / 25.09.2019
6596
1 daqiqa o‘qiladi

Daimler dizel mojarosi sababli 870 mln yevro jarima to‘laydi 

Foto: CNN

Daimler nemis avtomobilsozlik kompaniyasi dizel mojarosi sababli 870 mln yevro jarima to‘laydi. Shtutgart prokuraturasi qabul qilgan qarorga ko‘ra, kompaniya dizel avtomobillari atrof-muhitga chiqaradigan azot oksidi chiqindilari bir qator hollarda belgilangan me'yordan oshganiga qaramay, avtomobillarni sotuvga chiqargan. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar berdi. 

Gap 2008 yildan keyin ishlab chiqarilgan 684 mingta mashina haqida bormoqda. Ular federal avtomobil transporti boshqarmasi buyrug‘i bilan chaqirtirib olingan. 

Konsern to‘lashi kerak bo‘lgan qiymatga qonunbuzarlik uchun 4 mln yevro jarima va qonunga zid ravishda olingan 866 mln yevro daromad kirgan.

Daimler ushbu summani Baden-Vyurtemberg federal yeri g‘aznasiga 6 hafta ichida to‘lab berishi kerak. 

Avtokonsernda prokuratura qarori bo‘yicha shikoyat yo‘qligi va jarima to‘lanishi aytilgan.

Mavzuga oid