Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada uch nafar o‘zbekistonlik hayotdan ko‘z yumdi
O‘zbekistonning Vladivostok shahrida (Rossiya) Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yil 20 sentabr kuni sog‘ligi holatining keskin yomonlashgani sababli O‘zbekiston fuqarosi S.R. vafot etdi.
Shuningdek, TIV xabariga ko‘ra, turli baxsiz hodisalar natijasida 21 sentabr kuni ayol hamyurtimiz G.N., 22 sentyabrda yurtdoshimiz X.N. vafot etdi.
Ayni paytda Bosh konsulxona O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda eslatishicha, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur oblasti, Kamchatka o‘lkasi, Magadan oblasti, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin oblasti, Yahudiy avtonom oblasti, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.
Mavzuga oid
12:25 / 07.04.2025
Rossiyada amerikalik Blekka chiqarilgan hukm yumshatildi
21:19 / 08.03.2025
Rossiyada og‘ir tan jarohati olgan erkak O‘zbekistonga qaytarildi
14:40 / 21.10.2024
Korrupsiya uchun sudlangan Vladivostok sobiq meri urushga boradi
20:38 / 30.07.2024