Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi Angrenda elektropikaplar ishlab chiqaradi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning beshinchi majlisi yakunlariga ko‘ra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2019 yil 27-29 avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning beshinchi majlisi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha Amaliy tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Rejaga ko‘ra, «Angren» erkin iqtisodiy zonasi hududida Hebei Cape of Good Hope Logistic Development Corporation kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish mo‘ljallangan.
Xususan, Hebei Cape of Good Hope Logistic Development Corporation:
yuqori sifatli me'moriy oynalar (3-12 mm);
yo‘lovchi va yuk tashuvchi elektromobillar (pikaplar), bunda keyingi ishlab chiqarishda mahalliylashtirishni 50 %ga yetkazish;
velosipedlar ishlab chiqarish, bunda ishlab chiqarishda mahalliylashtirishni 50 %ga yetkazish;
elektrotexnika mahsulotlari (elektr dvigatellar, nasoslar, elektr tortish moslamalari, kichik biznes uchun metall/yog‘ochni qayta ishlash uskunalari), fotoelektr modullar ishlab chiqarish, logistika markazi tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Shuningdek, rangli metallarni yuqori aniqlik bilan quyish natijasida ishlab chiqariladigan mahsulotlar (mebel va avtomobilsozlik uchun furnitura, aksessuarlar) tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Barcha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha so‘nggi muddat 2021 yilning yanvar oyi etib belgilangan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025