Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekobodda bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlandi
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati Bekobod shahridagi 15-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida sodir bo‘lgan holat yuzasidan bayonot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, bugun soat 09:30larda Bekobod shahridagi 15-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining tarbiyachilari 2 nafar tarbiyalanuvchi o‘zini noxush his qilayotganini sezishgan.
Zudlik bilan bolalar mutaxassis shifokor ko‘rigidan o‘tkazilgan. Tibbiy tekshiruv davomida, ularga ovqatdan zaharlanish to‘g‘risidagi dastlabki tashxis qo‘yilgan.
O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida, muassasaning qolgan barcha tarbiyalanuvchilari tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv mobaynida yana 9 nafar bolada ovqatdan zaharlanish ehtimoli aniqlangan. Ayni paytda ular shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Hozirgi vaqtda bolalarning ahvoli qoniqarli, vaziyat shifokorlarning qat'iy nazorati ostida.
Mazkur holat bo‘yicha ichki ishlar va prokuratura idoralari tomonidan tegishli tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
21:22 / 05.05.2025