Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada Jak Shirak vafoti munosabati bilan motam e'lon qilindi
Fransiya rahbariyati sobiq prezident Jak Shirak vafoti munosabati bilan 30 sentyabrni umummilliy motam kuni deb e'lon qildi. Shu kuni Parijdagi Sen-Syulpis cherkovida motam marosimi bo‘lib o‘tadi. 29 sentyabrgacha odamlar Yelisey saroyida qo‘yilgan motam kitobida o‘z ta'ziyalarini qoldirishlari mumkin bo‘ladi.
Jak Shirak 26 sentyabrda 87 yoshida vafot etdi. U 1995-2007 yillar davomida Fransiya prezidenti bo‘lgan. Bungacha Shirak qishloq xo‘jaligi vaziri, bosh vazir va Parij meri sifatida faoliyat yuritgan. Oxirgi 3 yil u rasmiy marosimlarda ishtirok etmagan.
Motam munosabati bilan butun Fransiya bo‘ylab milliy bayroqlar tushirilib, bir daqiqalik sukut o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025