Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Keksalar haftaligi» belgilandi
Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2019 yildan boshlab har yili oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilandi.
Shuningdek, qarorga ko‘ra:
vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalarida rahbar o‘rinbosarlaridan biri jamoatchilik asosida keksalar masalalari uchun mas'ul etib belgilanadi va “Faxriylar kengashi” faoliyatini muvofiqlashtiradi;
mehnat jamoalarida pensiyaga chiqish arafasida bo‘lgan mehnat faxriylarini taqdirlash va nafaqaga kuzatish tadbirlarini o‘tkazib borish amaliyoti joriy etiladi.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi asosida keksa avlod vakillarining respublika bo‘ylab tarixiy shahar va ziyoratgohlarga sayohati uyushtiriladi.
Qaror bilan, shuningdek, “Keksalar maslahati” guruhlari to‘g‘risida namunaviy nizom tasdiqlandi.
Ushbu guruhlarning asosiy maqsadi keksalarning muammolarini manzilli o‘rganish va bartaraf etishdan iborat.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025