Jahon | 08:35 / 29.09.2019
8630
1 daqiqa o‘qiladi

«12 stul» rejissyori Mark Zaxarov vafot etdi

Foto: Mixail Tereshchenko/TASS

28 sentyabrda rossiyalik teatr va kino rejissyori, sobiq ittifoq xalq artisti Mark Zaxarov 86 yoshida vafot etdi. U “Lenkom” teatrida 46 yil rejissyorlik qilgan.

Ma'lum qilinishicha, Zaxarov uzoq davom etgan kasallikdan keyin hayotdan ko‘z yumgan. U bilan vidolashish marosimi 1 oktyabrda “Lenkom”da bo‘lib o‘tadi.

Zaxarov faoliyati davomida 50 ga yaqin spektakl sahnalashtirgan, bir nechta mashhur badiiy filmlar – “12 stul” (12 stulev), “Oddiy mo‘jiza” (Obyknovennoye chudo), “Bu o‘sha Myunxgauzen”ga (Tot samyy Myunxgauzen) rejissyorlik qilgan. Zaxarov o‘nlab orden va mukofotlar bilan taqdirlangan.

Mavzuga oid