Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvador OPeKni tark etadi
Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkilotini uning 14 ta doimiy a'zosidan biri – Ekvador tark etmoqda.
Ekvador energetika vazirligining xabar berishicha, mamlakat “moliyaviy va soliq barqarorligiga” erishish uchun kartel tarkibidan 2020 yil 1 yanvardan chiqadi.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, bu qadam hukumatning budjet xarajatlarini kamaytirish va daromadlarni oshirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.
Shu bilan birga Ekvador hukumati neft bozorini barqarorlashtirishga qaratilgan barcha sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.
Ayni vaqtda OPeKga Ekvadordan tashqari Jazoir, Angola, Venesuela, Gabon, Eron, Iroq, Kongo, Kuvayt, Liviya, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni va Ekvatorial Gvineya kiradi.
Ekvadorda avgustda neft qazib olish hajmi kuniga 537 ming barrelni tashkil qilgan va bu eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:35 / 14.04.2025
Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘alaba qozondi
21:10 / 29.03.2025
AQSh qo‘shinlari jinoiy to‘dalar tufayli Ekvadorga kiritilishi mumkin
12:37 / 27.10.2024
Neft – dunyo qirollari uchun endi toj emasmi?
08:40 / 06.05.2024