O‘zbekiston | 13:05 / 02.10.2019
8692
2 daqiqa o‘qiladi

"Poytaxt bank" AJ Bank xizmatlari markazini ishga tushirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida” PF-5780-sonli Farmoniga asosan "Poytaxt bank" tomonidan “Fleshka” savdo majmuasi hududida mijozlar uchun qulay va ixcham bo‘lgan bank xizmatlari markazi ishga tushirildi. 

Ushbu markazda mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xalqaro pul o‘tkazmalari, valuta ayirboshlash operatsiyalari, kommunal, soliq va boshqa to‘lovlarni qabul qilish, omonatlarni rasmiylashtirish, mijozlarni interaktiv xizmatlarga ulash, bank kartalarini berish va boshqa ko‘plab xizmatlar ko‘rsatiladi.

Savdo korxonalari bilan hamkorlikda chiqarilgan kobrending kartalari, xalqaro pul o‘tkazmalari eng ko‘p talab qilinayotgan bank mahsulotlaridir. Markazda mijozlarga soddalashtirilgan usulda, ya'ni 60 daqiqa vaqt ichida ularning ehtiyojlari uchun mablag‘lar ajratish yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa, o‘z navbatida, xizmat ko‘rsatish tezkorligini ta'minlaydi hamda mijozlarning qimmatli vaqtini tejalishiga olib keladi.

"Poytaxt bank" AJ o‘zining qisqa vaqt ichidagi faoliyati davomida bank xizmatlari bozoriga faol kirib kelmoqda. Bunda asosiy e'tibor ixcham bank markazlari orqali tadbirkorlar va aholiga barcha turdagi bank mahsulotlarini taklif qilishga qaratilgan. Shu bois, kelgusida bunday markazlar sonini ko‘paytirib borish rejalashtirilgan.

"Poytaxt bank" – kelajakni birga quramiz!

Murojaat uchun telefon: 71 214 20 00

Reklama xuquqi asosida

Mavzuga oid