Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ikkita xalqaro shartnomani tasdiqladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, 2019 yil 31 may kuni Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlari bojxona organlarining intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas'ul vakolatli organ etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.
Shuningdek, prezident imzolagan yana bir qarorga ko‘ra, 2019 yil 1 avgust kuni Minsk shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi haqida tegishli bildirishnomani Belarus tomoniga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025