Jahon | 20:03 / 07.10.2019
9429
1 daqiqa o‘qiladi

Xaynanda sun'iy orol ustida aeroport qurish rejalashtirilmoqda

Xaynandagi Sanya kurorti rahbariyati sun'iy orol ustida aeroport qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Xaynan jibao" nashri xabar berdi.

Nashrning ma'lumot berishicha, sun'iy orol Xuntanvan ko‘rfazida bunyod etiladi. U shahardagi Feniks aeroportida 15 km masofada joylashadi.

Orol uchburchak shaklida bo‘ladi. Uning maydoni 15,75 mln kv. Metrni tashkil etadi. Orol besh yil davomida qurib bitkaziladi.

Loyiha ikki qismdan iborat bo‘ladi: sun'iy orol va aeroport bunyod etilishi hamda transport infrastrukturasi qurilishi. Orol Xaynan bilan ikkita parallel – avtomobil va temir yo‘l ko‘priklari orqali bog‘lanadi. Ularning uzunligi 6 kmni tashkil etadi.

Mavzuga oid