Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Hollivud aktyorlari ishtirokida tarixiy serial suratga olinadi
O‘zbekistonda Hollivud aktyorlari ishtirokida tarixiy serial suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan 2020 yilda Samarqand, Buxoro va Xivada budjeti 20 mln dollarlik “Sultona” tarixiy teleserialining birinchi fasli suratga olish ishlari boshlanadi. Serial ingliz tilida suratga olinib, unda Hollivud aktyorlari rollar ijro etadi. Hozircha aktyorlarning nomlari sir tutilmoqda.

Serialni suratga olish bilan MDHdagi telekontent ishlab chiqaruvchi eng yirik kinokompaniya Star Media shug‘ullanadi. Serialning birinchi fasli 6 ta seriyadan tashkil topib, unda XVII asrdagi geosiyosat, hokimiyat va muhabbat voqealari gavdalanadi.
Serialni suratga olish ishlari Toshkentda muhokama qilindi. Uchrashuvda xorijiy kompaniyadan uning asoschisi va bosh prodyuseri Vladislav Ryashin va uning hamkori – fransuz-amerika prodyuseri Jan Sharl Levi (“Al-Quds”, “Poyga” va “Arvohlar mamlakati” filmlari) ishtirok etgan.

Shuningdek, Star Media Rossiyaning Birinchi kanali bilan birgalikda 2020 yilda O‘zbekistonda yana bir loyihani – “Toshkent – non shahri” filmini suratga olishni amalga oshirmoqchi. Ushbu film rejissyor Shuhrat Abbosovning filmi remeyki hisoblanmaydi. Unda umuman yangi voqea haqida so‘zlanadi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025