Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Milan» bosh murabbiyni iste'foga chiqardi. Bu murabbiy antirekord o‘rnatdi
«Milan» klubi bosh murabbiy Marko Jampaolo bilan xayrlashdi. Klub matbuot xizmati rasman xabar berishicha, 51 yoshli mutaxassis qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqarildi.
Jampaolo boshqaruvida «Milan» A Seriyaning 7 turida 3 marta g‘alaba qozonib, 4 marta yutqazdi va 9 ochko bilan 10-o‘rinda joylashdi.
Ushbu mutaxassis klubdagi faoliyati davomida yangi antirekord o‘rnatdi - u «Milan» tarixida eng kam ishlagan murabbiyga aylandi. Jampaolo «Milan» bosh murabbiyligiga 19 iyun kuni tayinlangan va u bilan yiliga 2 million yevrolik maosh to‘lash nazarda tutilgan 2 yillik shartnoma imzolangandi. U «rossoneri»ni atigi 111 kun boshqardi.
Yaqin vaqtlar ichida «Milan»ga Stefano Pioli bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
11:42 / 07.05.2025
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi
12:15 / 17.03.2025
Milanda Aleksey Navalniyga yodgorlik o‘rnatildi
16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi
19:00 / 05.03.2025