O‘zbekiston | 10:44 / 12.10.2019
91758
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: O‘zbekiston prezidentining rafiqasi va qizi Xivaga bordi

Foto: Instagram /Shahnoza Mirziyoyeva

O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva qizi Shahnoza Mirziyoyeva bilan Xiva shahriga bordi. Bu haqda Shahnoza Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifasida ma'lum qilgan.

Xususan, Ziroat Mirziyoyeva va Shahnoza Mirziyoyeva Ichan-Qal'a me'moriy majmuasiga tashrif buyurib, tarixiy obidalar bilan tanishishdi hamda hunarmandchilik rastalarini ko‘zdan kechirishdi.

«Ikki sahro, Qizilqum va Qoraqum orasida joylashgan Xiva shahri - azaldan hayot qaynagan voha durdonasi. Xiva xonligi haqida ko‘p o‘qiganman, lekin Xivaning o‘zida bo‘libgina mamlakatimiz o‘z tarixi bilan naqadar boy va buyuk ekanini to‘liq angladim!» - deb yozadi Shahnoza Mirziyoyeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerdagi zamonaviylik va tarix uyg‘unligi so‘z bilan ifoda etib bo‘lmas muhitni yaratadi. 

«Xivada har qadamda islom me'morchiligining eng yorqin namunalarini uchratish mumkin. Ushbu shamolli shaharda qadimiylik ruhini sezish, yurtimiz boy tarixi naqadar ulug‘vor ekanini his etish, me'moriy obidalar chiroyidan zavqlanish mumkin. Xiva havosi kishini maftun qiladi, o‘ziga rom etadi...», - deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan Shahnoza Mirziyoyeva.

Mavzuga oid