Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefonda suhbatlashib, undan Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
“AQSh Turkiyaga Suriyaga bostirib kirishga yashil chiroq bermagan”, deb aytgan Pens Oq uyda jurnalistlarga.
Erdo‘g‘an 9 oktyabrda Suriya shimolida Kurdiston ishchi partiyasi va IShIDga qarshi qaratilgan harbiy amaliyot boshlanishini e'lon qilgandi.
12 oktyabrda Turkiya mudofaa vazirligi turk harbiylari va Suriyaning qurollangan muxolifati Ras al-Ayn shahri ustidan, 13 oktyabrda esa Tall-Obod shahri ustidan nazoratni qo‘lga olganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
18:34 / 11.02.2025
“Deportatsiya noinsoniy ruhda kechyapti, amerikaliklar ham shokda” – Nyu Yorkdagi yurist bilan suhbat
15:23 / 04.02.2025
Trampning yangi bojlaridan hamma, xususan AQShning o‘zi ham yutqazadi - ekspertlar
02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26 / 06.11.2024