Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RPL. «Rostov» «Zenit»ga 1:6 hisobida yutqazdi, Dzyubada het-trik
Rossiya chempionatida 13-turning markaziy o‘yini Peterburgda yakunlandi. O‘z maydonida «Rostov»ni qabul qilgan «Zenit» 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Artyom Dzyuba het-trik qayd etgan bo‘lsa, Karavayev, Barrios va Ozmun bittadan gol urishdi. Rostovliklarning javob goliga Roman Yeryomenko mualliflik qildi.
O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov bu o‘yinda 77 daqiqa harakat qildi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Zenit» ochkolari sonini 29taga yetkazib ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Rostov» 26 ochkosi bilan to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi.

RPL. 13-tur
Zenit – Rostov 6:1
Gollar: 1:0 – 14, penalti Dzyuba, 2:0 – 20 Dzyuba, 3:0 – 44 Ozmun, 4:0 – 61 Karavayev, 5:0 – 80, penalti Dzyuba, 5:1 – 83, penalti Yeremenko, 6:1 – 90 Barrios.
Zenit: Kerjakov, Ivanovich, Duglas Santos, Rakitskiy, Karavayev, Shatov (Kuzyayev, 71), Barrios, Ozdoyev (Sutormin, 77), Dzyuba, Ozmun, Driussi (Yeroxin, 85).
Rostov: Baburin, Chistyakov, Chernov, Xadjikadunich, Kozlov, Normann, Popov (Zaynutdinov, 62), Ionov (Saplinov, 64), Bayramyan, Yeremenko, Shomurodov (Sigurdarson, 77).
Mavzuga oid
15:03 / 04.03.2025
Dronlar Rostov oblastidagi neft bazasiga hujum qildi
10:18 / 27.01.2025
Rossiyaning Rostov oblastida O‘zbekiston agrosanoat habi yaratilishi mumkin
11:37 / 24.12.2024
UQK dronlari Rostov oblastidagi Millerovoga hujum qildi
10:39 / 19.12.2024