Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA «Bunyodkor»ning «Anji» ustidan bergan da'vosini rad qildi
Nizolarni hal qilish bo‘yicha FIFA palatasi «Bunyodkor»ning «Anji» klubi ustidan bergan shikoyatini qanoatlantirmadi.
Bu haqda Rossiya klubining manfaatini himoya qiluvchi SILA huquqiy agentligi xabar berdi.
Gap shundaki, 2018 yil boshida «Bunyodkor» yarimhimoyachisi Doston Hamdamov «Anji»ga o‘tgan edi. Biroq, Maxachqal'a klubi uning transferi uchun pul to‘lamadi. Natijada «Bunyodkor» «Anji» ustidan FIFA Nizolarni hal qilish palatasiga arz qildi.
«Bunyodkor» klubi da'vosiga ko‘ra, «Anji» Hamdamovning shartnomasida ko‘rsatilgan 300 ming yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashi shart edi.
Ammo FIFA tashkiloti o‘tkazgan surishtiruvda «Bunyodkor» klubining Doston Hamdamov bilan imzolagan shartnoma shartlarini buzgani, bundan tashqari, futbolchidan qarzi borligi aniqlangan. Natijada, Hamdamovning erkin agent maqomida «Anji»ga bepul o‘tgani qoidaga zid emas deb topilgan va «Bunyodkor» da'vosi rad qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Doston Hamdamov 2018 yil davomida «Anji» tarkibida atigi 11ta o‘yinda maydonga tushdi. 2019 yilda esa «Paxtakor» bilan shartnoma imzoladi.
Mavzuga oid
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
13:11 / 02.04.2024
«Bunyodkor» Rivaldo va Denilson ishida bir necha yillik kelishuvga erishilganini e’lon qildi
21:00 / 02.03.2024