Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kurdlar Turkiyani taqiqlangan kimyoviy qurol va oq fosfor qo‘llashda aybladi
Kurdlarning “Suriya demokratik kengashi” vakilasi Ilhom Ahmad Vashingtonga tashrifi doirasida AQSh kongressmenlari va senatorlari bilan o‘tgan uchrashuvda Turkiyani “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti vaqtida taqiqlangan qurollarni qo‘llashda aybladi.
Rudaw agentligining xabar berishicha, Ahmad turk harbiylari Suriya shimolida xalqaro konvensiyalar bilan taqiqlangan kimyoviy qurol va oq fosfor qo‘llayotganini ta'kidlab o‘tgan. U buning isboti sifatida fosfordan kuyishga xos jarohatlar olgan bola suratini ko‘rsatgan.
Shu bilan birga, Ahmadning ta'kidlashicha, Turkiya tomonida jang qilayotgan muxolifat jangchilari egallab olingan kurd hududlarida tinch aholiga qattiqqo‘llik qilmoqda, jumladan asirlarni otib tashlamoqda.
Turkiya armiyasi Suriya shimolida oq fosfor qo‘llayotgani haqidagi xabarlar 17 oktyabrda olingan. Ushbu qurol qo‘llanishi oqibatida jabrlanganlar Ras-al-Ayn shahri shifoxonalariga yetkazilganlari ta'kidlangan.
Biroq turk harbiylari oq fosfor yoki kimyoviy qurol qo‘llashganini qat'iyan rad etishgan. Anqarada bunday vositalarga ega emasliklari ta'kidlangan.
Shuningdek, Turkiya tomonidan taqiqlangan qurol qo‘llanganini mustaqil tomonlar tasdiqlamagan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025