O‘zbekiston | 07:40 / 24.10.2019
3405
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Doing Busines-2020 reytingida o‘z pozitsiyasini yaxshiladi

Foto: AFP

Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining Doing Busines-2020 reytingi e'lon qilindi.  

Biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlar yaratilganlik reytingida joriy yilda avvalgi yildagidek Yangi Zelandiya yetakchilik qilmoqda. 2-o‘rinni Singapur o‘zida saqlab qolgan. 3-o‘ringa Hongkong ko‘tarilib, Daniyani 4-o‘ringa tushirib yuborgan. Keyingi o‘rinlarni Janubiy Koreya, AQSh, Gruziya, Buyuk Britaniya, Norvegiya va Shvetsiya egallamoqda.  

O‘zbekiston joriy reytingda o‘z pozitsiyasini 7-o‘ringa yaxshilab, 69-o‘rinni (avvalgi reytingda 76-o‘rin) egallagan. 

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston eng yaxshi ko‘rsatkichni namoyish qilib, 25-o‘rinni, Qirg‘iziston 80-o‘rinni, Tojikiston 106-o‘rinni egallagan. 

“Biznes yuritish” dokladi 17-marta tuzilmoqda va 190 ta davlatni qamrab olgan. U davlatlarning biznesni rivojlantirishga ko‘mak beruvchi yoki to‘sqinlik qiluvchi me'yorlari, jumladan korxonani yaratish, biznes yuritish, tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish, soliqlar to‘lash, investorlar huquqlarining himoyalanganligi darajasini o‘rganadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid