Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Polshada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti bu haqda axborot bilan chiqdi.
Mamlakatning Polshadagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 21 oktabr kuni Mazovetsk o‘pka va sil kasalliklarini davolash markazida (Mazowieckie Centrum Leczenia Chorób Płuc i Grużlicy w Otwocku) 23 avgustdan beri davolanayotgan O‘zbekiston fuqarosi B.R. hayotdan ko‘z yumgan.
Elchixona vaziyatni nazoratga olgan hamda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda Polsha hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda O‘zbekistonning Varshava shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +48-22-894-62-30 (2).
Mavzuga oid
15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda
16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
22:20 / 29.05.2023
Polsha 1 iyundan Rossiya va Belarus yuk mashinalari uchun chegarasini yopdi
12:24 / 26.12.2022