Taksichilarni haqorat qilgan Yangiyo‘l YHXB katta inspektori ishdan olindi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani IIB YHXB katta inspektori, leytenant Usmon Zamonovning tuman yo‘nalishsiz taksi haydovchilarga nisbatan haqoratli murojaat qilganligi holati audioyozuvda tarqatilgan edi.
Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, tarqatilgan audioyozuv yuzasidan 23 oktabr kuni soat taxminan 21:30larda Yangiyo‘l shahrida joylashgan YHXB ma'muriy binosi atrofiga taxminan 100ga yaqin yo‘nalishsiz taksi haydovchilari izoh berilishini so‘rab yig‘ilgan.
Viloyat IIBB 4-mintaqaviy hudud, Yangiyo‘l shahar va tuman IIB rahbarlari yig‘ilganlar bilan uchrashib, YHXB katta inspektori Usmon Zamonovga nisbatan hozirda xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligini, barcha to‘plangan hujjatlar prokuratura idoralariga yuborilib, qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi tushuntirilganidan so‘ng yig‘ilganlar tarqaldi.
Toshkent viloyati IIBB tomonidan olib borilgan batafsil tekshiruv ishlari natijalariga ko‘ra, Usmon Zamonov dastlab mazkur audioyozuv unga tegishli emasligini telegram ijtimoiy tarmog‘idagi norasmiy kanallarda xabar qilgan bo‘lsa-da, tekshiruv davomida audioyozuv haqiqatdan ham o‘ziga tegishli ekanligini ma'lum qildi.
Shuningdek, Usmon Zamonov o‘zining tushuntirish xatida joriy yilning 22 oktabr kuni telegramdagi “Voditeli Yangiyulya” nomli guruhda taksi haydovchilari tomonidan YPX xodimlarini kamsituvchi postlar tarqatilganidan so‘ng, ularga javoban ushbu haqoratli audioyozuvni yuborganligini tan olgan.
«YPX inspektori ushbu xatti-harakatlari bilan fuqarolar o‘rtasida ichki ishlar organlariga nisbatan salbiy fikrlar kelib chiqishiga hamda jamoatchilik e'tiroziga sabab bo‘lganligi uchun, viloyat IIBB rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan, YHXB katta inspektori leytenant U.Zamonov egallab turgan lavozimidan chetlatildi.
Hozirda prokuratura tomonidan holatga huquqiy baho berish maqsadida tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda», - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Yangiyo‘l tumani IIB YHXB xodimlari joriy yilning 1 oktabr kunidan 23 oktabr kuniga qadar, viloyat Transport boshqarmasi bilan hamkorlikda “Lisenziyasiz yo‘lovchi tashish” faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 56 nafar haydovchiga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirib, avtoulovlar jarima maydonchasiga joylashtirilgan. O‘tkazilgan “Reyd” tadbirlari davomida leytenant U. Zamonov shaxsan ishtirok etganligi aniqlangan.
Mavzuga oid
16:18 / 15.11.2024
Yangiyo‘lda 5 tup daraxtni kesib tashlagan shaxs tabiatga 533 mln so‘m zarar yetkazdi
10:00 / 08.10.2024
Yangiyo‘lda qariyb 275 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
00:26 / 28.07.2024
Yangiyo‘ldagi dahshatli qotillik. Hodisa joyidan reportaj
18:13 / 27.07.2024