O‘zbekiston | 01:21 / 25.10.2019
35398
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlandi

Joriy yilning 25 oktabr kunidan Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, poytaxtda isitish mavsumi boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati ma'lum qildi. 

Foto: KUN.UZ

Qarorga muvofiq, isitish mavsumiga o‘tish 2 bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda – ijtimoiy soha obektlarida (maktabgacha ta'lim, xalq ta'limi va sog‘liqni saqlash muassasalarida);
ikkinchi bosqichda – ko‘p qavatli uy-joylar va ma'muriy binolarda.

Qaror bilan isitish mavsumiga o‘tishni yakunlash 2019 yilning 30 oktabr kuniga qadar belgilangan.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligi turar-joyingizda issiqlik ta'minoti yoqilishi jarayonida muammolar yuzaga kelsa, Toshkent shahar xokimligi qoshidagi Kommunal xizmatlar boshqaruv markazining 1055 qisqa va (71) 210-01-87 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘rab qoladi.

Mavzuga oid