Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiyning qiyofadoshi Ukraina prezidentidan nima haqida so‘rashini aytdi
Rossiyaning NTV telekanalidagi “Tsentralnoye televideniye" dasturiga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning qiyofadoshi Umid Isaboyev taklif qilindi va undan agar imkon bo‘lganda, Zelenskiyga qanday savol bergan bo‘lishi haqida so‘raldi.
Isaboyev o‘z qiyofadoshidan nima uchun o‘ziga o‘xshashligi haqida so‘rashini aytgan.
“Nima uchun siz menga o‘xshaysiz?”, deb aytdi Isaboyev.
Isaboyevning tan olishicha, u Zelenskiy prezident bo‘lgandagina unga o‘xshashligini bilgan. Uning ta'kidlashicha, u bilan Zelenskiyga o‘xshashligi sababli tez-tez suratga tushishni so‘rab turishadi.
Avvalroq “Rossiya 1” telekanali efirida Zelenskiyning qiyofadoshi Umid Isaboyev haqida lavha namoyish qilingandi. Avtomobil bo‘yoqchisi bo‘lib ishlaydigan o‘zbekistonlik Umid zarur bo‘lsa Zelenskiyning o‘rnini sahnada egallashga tayyorligini, biroq “cho‘chqa go‘shtini yeyish kerak bo‘lgan” sahnalarda suratga tushmasligini aytgan.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025