Jamiyat | 09:05 / 29.10.2019
18775
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Qo‘qonda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

28 oktabr kuni, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan biriga o‘rnatilgan bug‘ qozonining dudburoni qozondan ajralib qolganligi sababli, xonadon ichida is gazi to‘planishiga olib kelgan. Natijada, xonadon sohibi va 2 nafar oila a'zolari is gazidan zaharlanib vafot etishgan.

Foto: FVV matbuot xizmati
Foto: FVV matbuot xizmati

Bundan oldin, Xorazmda er-xotin ikki bolasi bilan is gazidan zaharlanib vafot etgandi.

Shundan so‘ng, «Hududgazta'minot» va Favqulodda vaziyatlar vazirligi gaz uskunalari va isitish moslamalari bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

Mavzuga oid