Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada mehmonxonalarda turganlik uchun soliq paydo bo‘lishi mumkin
Turkiyada odamlarni joylashtiruvchi barcha obektlar, jumladan ommabop kurortlardagi mehmonxonalarda yangi soliq paydo bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislarning fikricha, yangi soliq “yashaganlik uchun soliq” deb nomlansa-da, Yevropa davlatlarida qabul qilingan turistik yig‘im hisoblanmaydi. Taxmin qilinishicha, yig‘im mijozlarni joylashtirish va ularga ko‘rsatilgan barcha xizmatlar - ovqatlanish, SPA, ko‘ngilochar tadbirlar, anjumanlarni tashkillashtirishning to‘liq narxidan mehmonxona budjetiga o‘tkaziladi.
Mehmonxona va qabul qiluvchi kompaniyalar vakillarining ma'lum qilishicha, yangi qoidalar 2020 yil 1 apreldan kuchga kirishi, soliq qiymati esa mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy narxidan 1 foizni, 2021 yildan esa 2 foizni tashkil qilishi mumkin.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, soliqlar oshgani keyingi mavsumda turpaketlar narxiga ta'sir qilmaydi, chunki otelerlar 2020 yil uchun naxrlarni e'lon qilib bo‘lishgan, aksariyat turoperatorlar esa keyingi yoz uchun yo‘llanmalarni sotishni boshlab yuborishgan.
Biroq 2021 yildan “yashaganlik uchun soliq” yo‘llanmalarning kamida 2 foizga oshishiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025