Jahon | 14:00 / 03.11.2019
4929
1 daqiqa o‘qiladi

Salvador Venesuelaning barcha diplomatlarini mamlakatdan chiqarib yuboradi

Foto: Ritchie B. Tongo / EPA / TASS

Qayd etilishicha, "Salvador hukumati Maduro rejimining diplomatik korpusi mamlakatni tark etishi uchun 48 soat muhlat beradi".

Salvador Venesuelaning barcha diplomatlari mamlakatni tark etishi uchun 48 soat muhlat beradi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Agentlikning bildirishicha, Salvador hukumati Nikolas Maduroni Venesuelaning qonuniy prezidenti deb hisoblamaydi va muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoni mamlakat rahbari deb hisoblaydi.

Qayd etilishicha, "Salvador hukumati Maduro rejimining diplomatik korpusi mamlakatni tark etishi uchun 48 soat muhlat beradi".

Venesueladagi vaziyat shu yilning 23 yanvarida muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo o‘zini mamlakat prezidenti deb e'lon qilganidan so‘ng keskinlashdi. Uni AQSh va boshqa qator davlatlar mamlakat rahbari deb tan oldi.

Mamlakatning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro buni davlat to‘ntarishi deb atadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid