Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston «Oltin kvadrat» turizm loyihasiga qo‘l urishi mumkin
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ziyorat turizmiga oid «Oltin kvadrat» loyihasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
«Oltin kvadrat»da Turkistondagi Ahmad Yassaviy, Qo‘ng‘irotdagi Hakimota (Yassaviyning shogirdi), Zangiota (Yassaviyning shogirdi) va Arslonbobo (Yassaviyning ustozi) ziyoratgohlari bog‘lanishi kutilmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 4 noyabr kuni Turkistondagi xalqaro turistik forum vaqtida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Abduhakimov o‘z chiqishida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
«O‘zbekiston turizm sohasida qilinayotgan tizimli ishlar tufayli sayyohlar oqimi yildan yilga ko‘payib bormoqda. Raqamlarga nazar tashlasak, 2018 yilda 5 milliondan ortiq mehmon kutib olingan bo‘lsa, 2019 yil oxirida bu ko‘rsatkich 6.5 millionni tashkil qilishi rejalashtirilmoqda.
Ijobiy natijalar, o‘z navbatida, iqtisodiyotga ta'sir o‘tkazadi. 2018 yilda turizmning YaIMdagi ulushi 1 mlrd. AQSh dollariga yaqinlashgan bo‘lsa, 2019 yil yakunida esa 1,3 mlrd. AQSh dollariga yetkazish niyatidamiz.
Shuningdek, biz qo‘shni mamlakatlar bilan mustahkam aloqa o‘rnatib, tomonlar uchun manfaatli hamkorlikni amalga oshirishga intilmoqdamiz. Jumladan, Qozog‘iston bilan bir qancha yo‘nalishlarda memorandum imzolandi», – deydi Aziz Abduhakimov.
Qayd etish joiz, Turkistondagi «Bir yo‘l – bir tarix» xalqaro turistik forumi doirasida 200dan ortiq xalqaro hunarmandlar o‘rtasida festival ham bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, 300dan ortiq xalqaro ekspertlar, turistik kompaniya va biznes vakillari Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining turizm salohiyatidan foydalanishga doir chora-tadbirlarni muhokama qilishdi.
Mavzuga oid
19:01 / 05.04.2025
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
16:12 / 20.12.2024
Chiqindilarni boshqarish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
09:24 / 12.12.2024
Turizmni tabiat bilan uyg‘unlikda rivojlantirishga oid o‘quv seminari boshlandi
15:20 / 03.12.2024