Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noshirlik faoliyatini litsenziyalash tartiblari soddalashtiriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy, estetik ehtiyojlariga mos sifatli kitoblarni nashr etish, kitoblarni qulay narxlarda joylarga yetkazib berish, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, o‘sib kelayotgan avlodda bolalikdan kitobga mehr uyg‘otish, ularda elektron kitoblarni o‘qish qobiliyatini shakllantirish, umuman mutolaa hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda muhim huquqi asos vazifasini bajaradi.
Qonun loyihasidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni asosida tartibga solinuvchi va “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda takrorlangan normalar chiqarildi, yuridik texnikasi qoidalari nutqai nazaridan hamda tahririy jihatidan 50 dan ortiq tuzatishlar kiritildi.
Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi noshirlik faoliyatini litsenziyalash tartiblarini soddalashtirish, axborot-kutubxona muassasalari va tashkilotlarga nashrlarning majburiy bepul nusxalarini taqdim etishni tartibga solish yo‘li bilan milliy bosma nashrlar fondi rivojlanishining huquqiy asoslarini shakllantirishga xizmat qiladi. Noshirlik faoliyati sub'yektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish usullarini aniqlash bilan birga, ularning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Deputatlarning fikricha, mazkur qonun loyihasi noshirlik sohasi ahvolining statistikasini shakllantirish va rivojlanish dinamikasini rejalashtirishni ta'minlash, xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilayotgan bosma mahsulotlarning hisobi yuritilishini tashkil qilish imkonini beradi.
Mavzuga oid
12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
18:23 / 26.08.2024
Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
11:49 / 20.06.2024