Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Suriyada "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi davom etishi mumkinligini aytdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, "oxirgi terrorchi mintaqani tark etmagunicha" Turkiya bu fikridan qaytmaydi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiyaning Suriyadagi "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi davom etishi mumkinligini istisno qilmadi.
"Shubhasiz. Oxirgi terrorchi mintaqani tark etmagunicha bu ishni to‘xtatmaymiz. Suriyadan boshqa davlatlar chiqib ketmagunicha biz u yerni tark etmaymiz. Biz Suriyaning hududiy yaxlitligi va birligini qo‘llab-quvvatlaymiz", - dedi Erdo‘g‘an jurnalist savoliga javoban.
Shu bilan birga, Turkiya rahbari Anqara Suriyaning "bo‘linib ketishini xohlamasligini" ta'kidladi.
U Turkiya Adana kelishuviga asosan operatsiya o‘tkazishga haqli ekanligini aytdi.
"Agarda mintaqa terrorchi tashkilotlardan tozalanmaydigan bo‘lsa, biz Adana kelishuvi doirasida operatsiyani davom ettiramiz", - dedi Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an
15:40 / 22.05.2025