Jahon | 23:02 / 08.11.2019
22384
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istonda bir qozonda 7 xil palov tayyorlandi (video)
Qozog‘istonning Turkiston shahrida o‘tgan taomlar festivalida bir qozonda bir vaqtda 7 xil palov pishirildi. Bu haqda Tengrinews.kz nashri xabar berdi.
Oshpazlar o‘z “ijod mahsuli”ni “Do‘stlik palovi” deb atashgan. Bunday palov pishirish g‘oyasi muallifi Tursunbek Nusriddinning ta'kidlashicha, dunyoda hali bunday palov tayyorlanmagan.
“Festival arafasida biror antiqa taom tayyorlash xayoli meni tark etmadi. Bu g‘oya menga tunda keldi”, deb aytgan oshpaz.
“Bu yerda qozoqcha, samarqandcha, buxorocha, to‘y, choyxona palovi bor. Biz uni “Do‘stlik palovi” deb atashga qaror qildik”, deb aytgan Nusriddin.
Antiqa palov shahar aholisi va festival mehmonlariga tortiq qilingan.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024