Jamiyat | 16:59 / 09.11.2019
18434
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomobil yuvish shoxobchasi ishchisi «Lasetti» avtomashinasini olib qochdi

Toshkent shahri Bektemir tumanidagi avtoyuvish shoxobchasida yuvib qo‘yish uchun qoldirilgan «Lasetti» avtomashinasi olib qochilganidan so‘ng ayanchli yo‘l-transport hodisasi oqibatida ag‘darilgan holatda Namangan viloyati Pop tumani hududidan topilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2019 yil 7 noyabr kuni taxminan soat 09:40larda Bektemir tuman Ohangaron shohko‘chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasiga fuqaro 50 yoshli A.R. tomonidan qoldirilgan «Lasetti» rusumli avtomashinasini mazkur avtoyuvish shoxobchasi ishchisi, 48 yoshli E.X. olib qochgan hamda shu kuni soat 16:30da Namangan viloyati Pop tumani Qo‘shminor MFY hududidan o‘tuvchi «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 262 km.da avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketib ag‘darilgan.

Natijada fuqaro E.X. «bosh miya og‘ir shikasti, kalla asos suyagini sinishi, miya shishi» kabi tan jarohatlari olib, Pop tuman tibbiy markaziga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 8 noyabr kuni Bektemir tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan E.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid