«Barselona» yirik hisobda g‘alaba qozondi, Messida het-trik

Foto: Reuters
Ispaniya chempionatining 13-turida «Barselona» o‘z maydonida «Selta»ni qabul qildi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Kataloniyaliklar tarkibida Lionel Messi xet-trikka erishdi. E'tiborlisi, Leo jarima to‘pidan ikki bor unumli foydalandi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Barsa» ochkolarini 25taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra «Real»ni ortda qoldirgan holda 1-pog‘onani egallab turibdi. «Selta» esa 9 ochko bilan 12-o‘ringa joylashgan.
La Liga, 13-tur
Barselona – Selta 4:1
9 noyabr, «Kamp Nou»
Gollar: Messi (23 penalti, 45, 48), Buskets (85) – Olasa (42).
Barselona: ter Stegen, Firpo, Umtiti, Semedu (Buskets, 23), Serji Roberto, de Yong, Artur, Fati (Dembele, 46), Pike, Grizmann (Suares, 73), Messi.
Selta: Ruben Blanko, Olasa, Arauxo, Aydu, Junka, Beltran, Diop (Fernandes, 81), Sisto (Mendes, 64), Lobotka (Denis Suares, 76), Malo, Aspas.
Ogohlantirishlar: Umtiti (25), Messi (40), Beltran (45), Serji Roberto (52), Buskets (88).
Mavzuga oid

09:50
Shomurodov «Roma»ga g‘alaba keltirdi, «Barsa»da chempioncha kambek. Kun o‘yinlari

10:13 / 16.04.2025
«Barsa»da yilning eng yomon o‘yini, «PSJ» ham zo‘rg‘a yarimfinalga chiqdi

12:08 / 13.04.2025
«Siti»da superkambek, «Barsa» nursiz o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Kun o‘yinlari

02:04 / 10.04.2025