Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Tokio Paralimpiadasiga yana ikkita litsenziya qo‘lga kiritdi
BAAning Dubay shahrida davom etayotgan para-atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bu vaqtda O‘zbekiston terma jamoasining yana ikki nafar vakili - Temurbek G‘iyozov hamda Husniddin Norbekov JCh medali qatori kelasi yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini naqd qildi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, balandlikka sakrash bo‘yicha T64 toifasida Temurbek 1.99 metr natija bilan jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Husniddin Norbekov esa yadro uloqtirish bo‘yicha F35 klassida 17.32 metr natija qayd etib, o‘ziga tegishli bo‘lgan jahon rekordini yangiladi. Ishtirokchilar orasida hech bir sportchi hamyurtimizning ushbu natijasiga yaqin kela olmadi. Shu tariqa Norbekov jahon rekordini ham rasmiylashtirib qo‘ydi.

Ma'lumot uchun, ushbu natija bilan hamyurtlarimizning Tokio Paralimpiadasiga qo‘lga kiritgan litsenziyalari soni o‘n to‘rttaga yetdi. Mazkur natijadan keyin delegatsiya hisobidagi medallar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil qilmoqda. Bu esa umumjamoa hisobida yettinchi o‘ringa ko‘tarilib olishga sabab bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
10:54 / 09.12.2024
Tokioda tug‘ilish darajasini oshirish va ishlaydigan onalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 4 kunlik ish haftasi joriy etiladi
18:15 / 13.09.2024