Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla Yevropada ilk zavodini quradi
AQShning Tesla kompaniyasi Berlinda Yevropadagi ilk zavodini quradi. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask “Oltin rul 2019” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimida ma'lum qildi. Ushbu tanlov Bild am Sonntag va Auto Bild nashrlari tomonidan o‘tkazilib kelinadi.
Tesla kompaniyasi tanlovda Model 3 modeli uchun mukofotga loyiq topilgan.
Maskning tvitterda ma'lum qilishicha, Berlindagi Gigafactory 4 deb nomlanadigan zavod akkumulyatorlar, elektrodvigatellar va Model Y hamda Model 3 elektromobillari ishlab chiqaradi.
Shuningdek, Berlinda kompaniyaning muhandislik va dizaynerlik markazlari joylashadi.
Gigafactory 4 AQSh kompaniyasining umumiy hisobda to‘rtinchi va AQShdan tashqaridagi ikkinchi zavodi bo‘ladi. Gigafactory 1 Nevadada, Gigafactory 2 Buffaloda, Gigafactory 3 esa Shanxayda qurilgan.
Germaniyadagi zavod Tesla’ga Yevropada elektromobillar sotishini yengillashtirishi mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
18:36 / 26.05.2025
Yangi avtopilot Tesla avtomobilini ag‘dardi
12:24 / 22.05.2025