Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Erdo‘g‘anga 100 mlrd dollarlik bitim taklif qildi - OAV
AQSh prezidenti Donald Tramp turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga Turkiya uchun manfaatli shartlar bilan 100 mlrd dollarlik savdo bitimini hamda Anqara S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olgani uchun unga qarshi kiritilishi kerak bo‘lgan sanksiyalar atrofidagi vaziyatni hal qilishda yordam taklif qildi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.
Nashrning Oq uydagi manbalariga ko‘ra, Tramp o‘tgan hafta Erdo‘g‘anga shu takliflar bildirilgan xat jo‘natgan.
Ta'kidlanishicha, ushbu takliflar AQSh kongressi a'zolari tanqidiga uchrashi mumkin, chunki kongressmenlar va senatorlar Anqaraga qarshi sanksiyalar kiritishni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Nashrning ma'lum qilishicha, Vashington Suriyadagi amaliyotni to‘xtatish uchun Anqaraga oktyabrda deyarli shunday takliflarni bildirgan, biroq bu urinish samara bermagan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 13 noyabrda AQShga tashrif buyuradi va Donald Tramp bilan uchrashib, qiruvchi samolyotlar, Rossiya va AQSh majmualari S-400 va Patriot’ni sotib olishni hamda Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
10:26 / 16.05.2025
Turkiya Putin va Zelenskiy tayyor bo‘lsa, ularni qabul qilishga tayyor
17:14 / 14.05.2025