Sport | 11:16 / 15.11.2019
38454
1 daqiqa o‘qiladi

TsSKA Shomurodov uchun yangi narx taklif etdi

Foto: KUN.UZ

“Rostov” hujumchisi qishki transferlar oynasi vaqtida klubini o‘zgartirishi mumkin.

“Match” TV saytining yozishicha, Moskvaning TsSKA klubi 24 yoshli o‘zbekistonlik forvard uchun 5 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarflashga tayyor.

2017 yildan buyon “Rostov” sharafini himoya qilib kelayotgan Shomurodovning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha tuzilgan bo‘lib, “Transfermarket”ga ko‘ra, uning transfer bahosi ayni damda 2,5 million yevroni tashkil etadi.

Eldor joriy mavsumda 18 uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Hujumchi O‘zbekiston terma jamoasi safida ham jami 40 o‘yinda 16 ta gol kiritishga erishgan.

Mavzuga oid