Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun O‘FA rahbariyati yig‘ilish o‘tkazadi. Barcha klub rahbarlari taklif etilgan
18 noyabr, dushanba kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirokida yig‘ilish o‘tkaziladi.
Olgan ma'lumotlarimizga ko‘ra, ushbu yig‘ilishga Superliganing barcha klublari rahbarlari chaqirilgan. O‘FA va PFL rahbariyati ishtirokidagi yig‘ilishda aynan nima masala ko‘tarilishi, bizga hozircha noma'lum.
Tribuna.uz manbalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasining nisbatan erta boshlagan yig‘ini sababli 24-tur o‘yinlari qoldirilgani va Superliga taqvimi o‘zgarishi, natijada klublar uch haftadan ortiq o‘yin amaliyotisiz qolib, 23 noyabrdan 30 noyabrgacha – bir hafta ichida ketma-ket 3 ta tur o‘yinlarini o‘tkazishi shartligi bir qator klub murabbiylari e'tiroziga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:51 / 12.02.2025
DXX raisi Bahodir Qurbonov nomzodi O‘FA prezidentligiga ilgari surildi
20:13 / 22.01.2025
Temur Kapadze O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
19:43 / 21.01.2025
Abdusalom Azizov O‘FA rahbarligidan ketdi
21:04 / 29.11.2024