Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fattoh Shodiyev Rossiyada «Yil homiysi» unvoniga sazovor bo‘ldi
Joriy yilning 15 noyabr kuni Sankt-Peterburgda «Yil homiysi» mukofotini topshirish bo‘yicha oltinchi marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «MGIMO» saytida xabar qilindi.
Asosiy nominatsiyada g‘oliblik 1976 yilda Xalqaro huquq fakultetini tamomlagan, Shodiyev xalqaro jamg‘armasi asoschisi, universitet Vasiylik kengashi a'zosi va «MGIMO» fondining asoschilaridan biri Fattoh Qayumovich Shodiyevga berildi. Mukofot Rossiyadagi Kabuki teatri truppasining gastroliga bosh homiylik uchun taqdim etildi. Mukofotni Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy topshirdi.

Shodiyev xalqaro jamg‘armasi ko‘p yillar davomida «MGIMO» bilan hamkorlik qilib keladi hamda talabalarga chet el universitetlarida tahsil olish va stajirovkadan o‘tish imkoniyatini yaratadi, deya ta'kidlangan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Fattoh Shodiyev - asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan qozog‘istonlik milliarder, Belgiya fuqarosi. 1992 yildan beri Aleksandr Mashkevich va Alijon Ibrohimovning sherigi. Uning boyligi 3,7 milliard dollarga baholanadi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025