Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada har qanday turdagi plastikni qayta ishlovchi uskuna ixtiro qilindi
Avstraliyalik olimlar har qanday turdagi plastikni qayta qo‘llashga yaroqli qila oladigan texnologiyani ishlab chiqishdi. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.
Texnologiya Len Xamfriz va Sidney universiteti professori Tomas Mashmeyyer tomonidan yaratilgan. Olimlarning ta'kidlashicha, yangi texnologiya har qanday, jumladan qayta ishlanishi texnologiyasi bo‘lmagan plastikni ham qayta ishlashga imkon beradi.
Olimlar tomonidan yaratilgan qurilma – katalitik gidrotermal reaktor (Cat-HTR) plastikning sifatini qaynoq suv va yuqori bosimda molekulyar darajada o‘zgartiradi. “Reaktor plastmassani suyuq holatga keltiradi, so‘ngra undan bitum, benzin yoki turli plastmassa buyumlar olish mumkin”, deb aytgan Len Xamfriz. Yangi texnologiya an'anaviy qayta ishlashdan farqli, plastmassalarni rangi va turi bo‘yicha ajratishni talab qilmaydi. Reaktor sut uchun karton qutidan boshlab gidrokostyumlargacha barcha narsani qayta ishlashi mumkin.
Ta'kidlanishicha, texnologiya sinovdan o‘tgan va butun dunyoda tatbiq qilish uchun tayyor.
Xamfrizning aytishicha, avstraliyaliklar har yili 3,5 mln tonna plastikni chiqindiga tashlashadi, undan bor-yo‘g‘i 10 foizi qayta ishlanadi. Yanga ishlanma esa plastik bilan ifloslanishga qarshi kurashda sezilarli yordam berishi mumkin.
Mavzuga oid
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi
01:16 / 24.04.2025