Jahon | 10:01 / 21.11.2019
10741
2 daqiqa o‘qiladi

Sayyohlar kruiz laynerini yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur qilishdi

Foto: AFP

Ispaniyaning Malaga shahridan Palma-de-Mayorka shahriga yo‘nalayotgan kruiz layneridagi yo‘lovchilarining bir qismi Barselonada to‘xtashga qarshi chiqib, boshqa shahar - Tarragona tomon suzishni talab qilishgach, yo‘lovchilar orasida qayerga borish uchun ovoz berildi. Uning natijasiga ko‘ra, Tarragona tomon suzishni istovchilar ko‘pchilikni tashkil qilgan va natijada layner belgilangan yo‘nalishini o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda El Periodico nashri xabar berdi. 

Tarragona porti sayyohlik mavsumi yakunlangani sababli 2 noyabrdayoq yopilgan bo‘lgan. Biroq kemaning 311 yo‘lovchisi yo‘nalishga kiritilmagan shaharga borishni istashgach, port xodimlari mehmonlar kelishiga darhol tayyorgarlik ko‘ra boshlashgan. Ovoz berishga ko‘ra, Barselonaga borishni istovchilar ancha kamroqni – 151 kishini tashkil qilgan.

Yo‘lovchilarning aksariyati nima uchun Barselonaga kirishni istamagani sababi noma'lum. Biroq laynerning Tarragonaga kelishi evaziga u yerda qabul qilingan yo‘lovchilar soni bo‘yicha rekord o‘rnatilgan: o‘tgan mavsumda portga 127495 kishi kelgan bo‘lsa, ushbu mavsumda ular soni 127997 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid