Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamoqxonadan chiqarib berish evaziga pul talab qilgan shaxs ushlandi
Buxoro qamoqxonadan chiqarib berish evaziga pul talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Buxoro shahrida yashovchi, 41 yoshli X.G 2018 yil dekabr oyida Buxoro shahridagi Markaziy dorixona oldida Buxoro tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan M.J.ning ishonchiga kirib, unga akasi M.N.ni Rossiya Federatsiyasidagi qamoqxonadan chiqarib berishni va'da qilgan.
Xabarda aytilishicha, X.G. M.J.dan 600.000 rubl va 4.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan X.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025