Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Hongkongda inson huquqlarini himoyalash haqidagi qonunni imzoladi
AQSh prezidenti Donald Tramp kongressning ikki palatasi tomonidan qabul qilingan “Hongkongda inson huquqlarini va demokratiyani himoyalash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Bundan tashqari, Tramp Hongkongga muayyan turdagi politsiya anjomlarini yetkazishni taqiqlovchi hujjatni imzolagan.
Ta'kidlanishicha, AQSh prezidenti ushbu ikki hujjatni “prezident Si (Tszinpin), Xitoy va Hongkong xalqiga hurmat yuzasidan” imzolagan. AQSh hukumati Xitoy va Hongkong “ziddiyatlarni tinchlik yo‘li bilan hal qilishlari” va “barcha uchun uzoq muddatli tinchlik va farovonlikka erishishlari”ga umid bildirgan.
Qonun Hongkongda inson huquqlari buzilishlariga aloqador shxslarga qarshi sanksiyalar kiritishni va Hongkongning muxtoriyati darajasiga bog‘liq holda savdo kelishuvlarining har yil qayta qo‘rib chiqilishini nazarda tutadi.
Avvalroq Xitoy ushbu qonun loyihasiga norozilik bildirib, buni Xitoyning ichki ishlariga aralashuv deb atagandi.
Xitoyning maxsus ma'muriy hududi hisoblangan Hongkongda bir necha oydan beri ma'muriyat rahbariyati siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025