Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda rahbarlar ishiga baho berib borish tizimi joriy etiladi
“Davlat boshqaruvida ilg‘or davlat menejmenti va “aqlli” boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari uchun professional boshqaruvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida masofaviy ta'lim texnologiyalarini o‘z ichiga olgan davlat boshqaruvida menejment va “aqlli” boshqaruv prinsiplari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Shuningdek, “Boshqaruv kadrlari portali” yaratilib, 2020 yil 1 martga qadar ishga tushiriladi.
Portal foydalanuvchilarining yagona elektron bazasini shakllantirish va yangilab borish, shuningdek ularning kasbiy va shaxsiy o‘sishiga ko‘maklashuvchi masofaviy ta'lim texnologiyalarini joriy etish Portalning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Qarorga ko‘ra, 2019 yil 1 dekabrdan boshlab Toshkent viloyati Bo‘ka tumani va Angren shahrida tajriba-sinov tariqasida rahbar kadrlar faoliyati samaradorligiga doimiy ravishda baho berib borish tizimi joriy etiladi va ushbu tizim 2020 yil 1 avgustga qadar amalga oshiriladi.
Tajriba-sinov yakunlari bo‘yicha ushbu tizim keyinchalik butun respublika hududida joriy etiladi.
2020 yil 1 fevralga qadar davlat organlarining “Xalqqa – ko‘makchi, tadbirkorga – biznes hamkor” sifatida faoliyat ko‘rsatishini kengaytirish maqsadida maxsus elektron platforma yaratiladi va ishga tushiriladi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025