Sport | 15:55 / 30.11.2019
20062
1 daqiqa o‘qiladi

Samvel Babayan Xitoy klubiga o‘tmoqda

Foto: Tribuna.uz

«Lokomotiv» bosh murabbiyi Samvel Babayan faoliyatini Xitoyda davom ettiradi.

Tribuna.uz manbasi xabariga ko‘ra, 48 yoshli mutaxassis «Changchung Yatay» klubi bilan shartnoma imzolaydi. Superliga 26-turidan o‘rin olgan «Paxtakor»ga qarshi bahs Babayan uchun «Lokomotiv» bosh murabbiyligidagi so‘nggi o‘yin bo‘ladi.  

Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan murabbiylik faoliyatida «Paxtakor», «Spartak Yurmala» klublarini, shuningdek, O‘zbekiston milliy va olimpiya jamoalarini boshqargan.  

«Changchung Yatay» klubi Xitoy chempionati ikkinchi divizioni o‘tgan mavsumida 5-o‘rinni egallagan.

Mavzuga oid